Axborot texnologiyalari sohasidagi vazifalar muhokama qilindi
So‘nggi uch yilda axborot texnologiyalari sohasiga katta e’tibor qaratilgani o‘z natijasini beryapti. O‘tgan yili IT-park rezidentlari 5 trillion so‘mlik xizmatlar ko‘rsatgan, 140 million dollarlik xizmatlarni eksport qilgan.
Mavjud 715 ta davlat xizmatidan 370 tasi raqamli platformaga o‘tkazilgan bo‘lib, ulardan o‘tgan yili 12 million aholi foydalangan. Raqamlashtirish natijasida 70 dan ortiq turdagi ma’lumot va hujjatlarni aholidan talab qilish bekor bo‘lgan.
Avvalo, Toshkent shahrida sinovdan o‘tgan loyihalar barcha viloyatlarda joriy qilinishi belgilandi. Xususan, poytaxtimizda Raqamli geoportal, Raqamli uy-joy kommunal, Xalq nazorati kabi tizimlar ishga tushirilgan edi. Shahar hokimligida Raqamli rivojlanish departamenti tuzilgan edi. Endi ushbu departament Raqamli texnologiyalar vazirligiga o‘tkazilib, mamlakatimizning barcha hududlarida raqamlashtirishga mas’ul bo‘lishi qayd etildi.
Davlatimiz rahbari bunday ishlarni boshqa sohalarda ham amalga oshirish mumkinligini ta’kidladi. Iqtisodiyot va moliya vazirligiga bu maqsadlar uchun mablag‘ ajratish, shuningdek, raqamlashtirish hisobiga iqtisod qilingan mablag‘larning yarmini vazirlik va hokimliklarning o‘zida qoldirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Prezident yoshlarni axborot texnologiyalariga o‘qitish, ishlashiga sharoit va mahsuloti uchun bozor yaratish zarurligini ta’kidladi. “Elektron hukumat”, “Biznes uchun dastur” So‘nggi ikki yilda yurtimizda 215 ta IT-ta’lim markazlari ochilgan. Bunday muassasalarni va ularning bitiruvchilarini qo‘llab-quvvatlash uchun moliyaviy imtiyozlar berilishi aytildi. Jumladan, eksportchi kompaniyalarga ishga joylashgan har bir mutaxassis uchun 25 million so‘mgacha, imkoniyati cheklangan yoshlarga esa 35 million so‘mgacha subsidiya ajratiladi. IT-sertifikati bor yoshlarga kompyuter xaridi uchun imtiyozli kredit ularning shaxsiy plastik kartasiga o‘tkazib beriladi.
“Bir million dasturchi” loyihasi ham o‘z samarasini berdi. Hozirda IT-parklar mutaxassislarining ko‘pchiligi shu dasturni tamomlagan yoshlar hisoblanadi. Endi yoshlarni “Coursera” platformasi orqali o‘qitish ham kengaytiriladi. Ular orasidan eng iqtidorlilari tanlab olinib, alohida dastur asosida xalqaro IT-bozor uchun tayyorlanadi.

21.04.2025 / 08:25.Yunusobod tumanidagi 246-sonli umumta’lim maktabida bitiruvchi-yoshlarni kasbga yo’naltirish, kasb tanlash va o’quvchi shaxsining kelajakda malakali mutaxassis bo’lib yetishishlari maqsadida “Kasb kuni” o’tkazildi

16.04.2025 / 09:23.Yunusobod tumanidagi 43-sonli tayanch davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida "Metodik mahorat kuni" loyiha doirasida o'quv-amaliyot mashg'ulotlari o'tkazildi

15.04.2025 / 11:39.Yunusobod tumani 53-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Har kuning bo’lsin Navro'z!” shiori ostida bayram sayli uyushtirildi