Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova UNESCO tashkilotining Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi bilan uchrashdi

Kecha Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova UNESCO tashkilotining Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi bilan uchrashdi. Unda UNESCO bilan ta’lim sohasida yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik masalalari hamda istiqboldagi rejalar haqida so‘z bordi. Sara Noshadi O‘zbekistonda sifatli ta’limni yo‘lga qo'yishda amalga oshirilayotgan ishlarni alohida e’tirof etdi.
Shuningdek, tomonlar uchrashuv doirasida:
- O'qituvchilar malakasini oshirish,
- baholash tizimi,
- Inklyuziv ta’lim sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilishdi.
Muzokaralar natijasida UNESCO tomonidan yuqoridagi yo‘nalishlarda vazirlikning rivojlanish strategiyasi tamoyillari doirasida hamkorlik qilish bo‘yicha istak bildirildi.
12.02.2026 / 05:58.Yunusobod tumanidagi 53-sonli DMTTda "Reggio yondashuvi asosida taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish" mavzusida o‘quv-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi
25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi





















