Maktab o‘qituvchilari o‘rtasida “Sog‘lom tanda — sifatli ta'lim” shiori ostida Kasaba uyushmasi kubogi sport musobaqalari o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi ijroiya qo‘mitasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining qo‘shma Qarori bilan maktab o‘qituvchilari o‘rtasida “Sog‘lom tanda — sifatli ta'lim” shiori ostida Kasaba uyushmasi kubogi sport musobaqalari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.Kecha Yunusobod tumanidagi 5-sonli umumta'lim maktabida Toshkent shahar xalq ta'limi bosh boshqarmasi va Kasaba uyushmalari federatsiyasi Toshkent shahar Kengashi hamkorligida yig‘ilish o‘tkazildi.
Nizomga ko‘ra, Kasaba uyushmasi kubogi sport musobaqalari mini futbol, shaxmat, shashka, stol tennisi va voleybol turlari bo‘yicha bahslari dastlabki bosqichi shu yilning 10 martigacha uyushtiriladi. Musobaqaning ikkinchi bosqichi 13-18 mart, uchinchi bosqich esa 23-30 mart kunlari o‘tkaziladi.
Tadbirda mazkur musobaqalarning tashkiliy masalalari yuzasidan kelishib olindi.
12.02.2026 / 05:58.Yunusobod tumanidagi 53-sonli DMTTda "Reggio yondashuvi asosida taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish" mavzusida o‘quv-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi
25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi





















