"Jaholatga qarshi ma`rifar" mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Yunusobod tumanining 265-sonli umumta’lim maktabida "Uchqahramon" mahallasi aholisi o‘rasida "JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT" mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Unda, diniy qo‘mita mas’ullari, huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari o‘z fikr va mulohazalari bilan o‘rtoqlashib, yuksalish natijalarimizni ko‘ra olmaydigan, ma’naviy qadriyatlarimizni qadrsizlantirishga qaratilgan g‘oyaviy tahdidlar hamon davom etayotganligi aytib o‘tdi.
Ma’ruzalarda, bugun qonli urushlar, harbiy yurishlar, iqtisodiy iskanjaga olishlar o‘rniga mafkuraviy vositalar va ma’naviy “qurol”lar vositasida odamlarning tafakkuri, ongi va dunyoqarashini egallashga urinishlar tobora ko‘zga tashlanayotganligi ta’kidlandi.
Qayd etilganidek,bugun faqat fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashishni zamon taqozo qilayapti.
Qizg‘in suhbatdan so‘ng aholi ma’ruzachilarga minnatdorchilik bildirib, bu kabi davra suhbatlarini tez-tez o‘tkazish foydadan holi bo‘lmasligini ta’kidladi.
12.02.2026 / 05:58.Yunusobod tumanidagi 53-sonli DMTTda "Reggio yondashuvi asosida taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish" mavzusida o‘quv-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi
25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi





















