Italiya Maorif vazirligi hamda O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi o‘rtasida hamkorlik aloqalari muhokama qilindi
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxodjayev Italiyaning Rim shahrida dunyoning 70 dan ortiq mamlakati taʼlim sohasi rahbarlari bilan PISA boshqaruv Kengashining 55-kongressida ishtirok etayotgani haqida avvalroq xabar bergandik
Tashrif doirasida Usmon Sharifxodjayev Italiya Maorif vaziri Juzeppe Valditara bilan uchrashib, hamkorlik aloqalari, jumladan, ikki davlat o‘rtasida pedagoglar malakasini oshirish, maktablar o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, O‘zbekiston maktablarida italian tilini ikkinchi xorijiy til sifatida o‘qitish masalalarini muhokama qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi hamda Italiya Maorif vaziri o‘rtasida hamkorlik kelishuvini imzolashga kelishib olindi hamda kelishuv loyihasi muhokama qilindi.

12.02.2026 / 05:58.Yunusobod tumanidagi 53-sonli DMTTda "Reggio yondashuvi asosida taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish" mavzusida o‘quv-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi
25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi





















