Oʼzbekistondagi taʼlim islohotlari PISA boshqaruv kengashining 55-Kongressida taqdim qilindi
Shu kunlarda Italiyaning Rim shahrida PISA boshqaruv Kengashining 55-kongressi boʼlib oʼtmoqda. Dunyoning 70 dan ortiq mamlakat taʼlim sohasi rahbarlari ishtirok etayotgan tadbirda taʼlim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlari boʼyicha yaqin kelajakdagi rejalar muhokama qilinmoqda.
Kongressda ishtirok etgan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʼrinbosari Usmon Sharifxodjaev Oʼzbekiston uchun xalqaro taʼlim sifatini baholash tadqiqotlarida ishtirok etish ahamiyatiga toʼxtalib, yaqin yillarda taʼlimni transformatsiya qilish boʼyicha mamlakatimizning rejalari bilan oʼrtoqlashdi.
Maʼlumot uchun: Oʼzbekiston 2022-yilda ilk bora PISA sinovlarida ishtirok etdi. Mazkur sinov 15 yoshli oʼquvchilar bilimini hayotga qoʼllay olishini baholashga yoʼnaltirilgan bo’lib, natijalar joriy yil yakunida eʼlon qilinishi kutilmoqda.


11.07.2025 / 10:01.Yunusobod tumanidagi 9-IDUMda "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Tadbirkor va yoshlar uchrashuvi" tashkil etildi

24.06.2025 / 11:05.“Samara” tantanalar saroyida ana shu baxtiyor yoshlarni tantanali taqdirlash marosimi o'tkazildi

19.06.2025 / 09:35.Yunusobod tumanidagi 273-sonli umumta’lim maktabida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida faoliyat yuritayotgan “Kamalak” yozgi bolalar kunduzgi oromgohida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi