Koreya respublikasi ta’lim vazirligi delegatsiyasi rahbari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi oliy ta’lim muassasalari rektorlari forumi doirasida Koreya Respublikasi Ta’lim vazirligi delegatsiyasi rahbari Global ta’limni rejalashtirish Byurosi boshlig‘i Pak Chi Yong bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda Pak Chi Yong ta’lim sohasida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholab, O‘zbekistonda koreys tilini o‘rganish uchun yaratib berilayotgan sharoitlar uchun minnatdorchilik bildirib o‘tdi.
Tomonlar uchrashuv davomida:
- Koreys tilini ikkinchi xorijiy til sifatida rivojlantirish uchun hamkorlik aloqalarini yanada kuchaytirish, buning uchun pedagog-kadrlarning malakasini oshirish,
- o‘qituvchi va o‘quvchilarni koreys tilidagi materiallar bilan ta’minlash,
- koreys tili o‘qitiladigan maktablar sonini ko‘paytirish imkoniyatini o‘rganishni muhokama qilishdi.

12.02.2026 / 05:58.Yunusobod tumanidagi 53-sonli DMTTda "Reggio yondashuvi asosida taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish" mavzusida o‘quv-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi
25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi





















