9-11-sinf o‘quvchilari uchun 7 tildagi namunaviy imtihon materiallari e’lon qilindi
2022-2023-o‘quv yillarda o‘quvchilarni barcha fanlardan davlat yakuniy attestatsiyasidan o‘tkazish uchun imtihon biletlari, metodik tavsiyalar va o‘quv materiallari Respublika ta’lim markazi tomonidan ishlab chiqildi.
Eslatib o‘tamiz, жорий yilning may va iyun oylarida maktab o‘quvchilarining yakuniy nazorat imtihonlari bo‘lib o‘tadi. Jumladan 9- va 11-sinflar uchun yakuniy (bitiruv) nazorat imtihonlari joriy yilning 26 mayidan 15 iyuniga qadar tashkil etiladi.
Imtihon materiallarini ishlab chiqishda umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun kreativ va mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan topshiriqlar kiritilgan.
Imtihonlar belgilangan muddatda shaffof, adolatli va xolis o‘tkazilishi uchun barcha zaruriy choralar ko‘riladi.
7 tilda tayyorlangan namunaviy nazorat materiallarini yuklab oling.

12.02.2026 / 05:58.Yunusobod tumanidagi 53-sonli DMTTda "Reggio yondashuvi asosida taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish" mavzusida o‘quv-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi
25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi





















