Uchtepa, Olmazor, Yunusobod, Shayxontohur hamda Chilonzor tumanlarida ta'lim sifati va samaradorligini oshirish yuzasidan yig'ilish bo'lib o'tdi
Kecha poytaxtimizning Shayxontohur tumanidagi 41-sonli umumta'lim maktabida Uchtepa, Olmazor, Yunusobod, Shayxontohur hamda Chilonzor tumanlarida ta'lim sifati va samaradorligini oshirish yuzasidan yig'ilish bo'lib o'tdi. Yig'ilishni Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i Nilufar Husanboyeva ochdi va olib bordi. Tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshliqlari, maktab direktorlari ishtirok etdi.
— Bugun davr har bir maktab direktoridan yangicha fikrlash va ishlashni talab etmoqda, — dedi Nilufar Qosimboyevna. — Pedagoglar obro'si va qadr-qimmatini oshirish bugun davlatimiz e'tiborida turgan bir paytda maktab rahbarining salohiyati alohida ahamiyat kasb etadi. Maktablarimizda o'quvchilarni kasb-hunar va ikkinchi xorijiy tilni chuqurroq o'rgatish bo'yicha shart-sharoitlar yaratish eng dolzarb vazifalarimizdan biridir. Ular o'rtasida kitobxonlikka qiziqishni oshirish borasida avvalo pedagoglarimizdan izlanuvchanlik, o'z ishlariga yangicha yondoshish talab etilmoqda.
Tadbirda namunali maktablar va ilg'or direktorlar faoliyatini o'rganish hamda tajriba almashish, kamquvvatli sanalgan ta'lim muassasalarida samaradorlikni oshirish bo'yicha taklif-mulohazalar tinglandi. Ochiq muloqot ruhida o'tgan yig'ilish yakunida tajribali pedagog va mutaxassislar tomonidan taklif hamda tavsiyalari berildi.


15.09.2025 / 07:55.Yunusobod tumanida yangi "Ilk rivojlantirish markazi" ochildi

11.09.2025 / 11:05.Yunusobod tumanidagi 250- va 273-sonli umumta’lim maktablari hamda Toshkent arxitektura-qurilish universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi Kelishuv memorandumi imzolandi

30.08.2025 / 08:43.Yunusobod tumani 288-umumta’lim maktabida 1-sonli pedagogik kengash bo‘lib o‘tdi