Umumta'lim maktablarida ta'lim sifati o'rganilmoqda
O‘quvchilarning ta'lim-tarbiyasi o‘ta muhim jarayon. Ta'biri joiz bo‘lsa, inson kamolotining asosiy bo‘g‘ini. Zero, bu yo‘nalish jamiyatimizning ustuvor masalalaridan biriga aylangan. Yunusobod tumani hokimi B. Abduvaliyev 86-sonli umumta'lim maktablarida ta'lim-tarbiya jarayoni bilan tanishib, ta'lim muassasalari hayoti, ulardagi mavjud muammolarni joyida o‘rgandi. Shuningdek, maktab o‘qituvchilari bilan dildan suhbatlashdi, ularning fikr-mulohazalarini tingladi. O‘rganishlar mobaynida maktabdagi obodonlashtirish ishlari, sinfxonalar, sport jihozlari, moddiy texnika bazasi, dars mashg‘ulotlarini kuzatdi. Bundan tashqari, maktablardagi issiqlik ta'minoti, oshxonadagi sharoitlar, sanitar holati hokimning diqqat e'tiborida bo‘ldi. Mutasaddilarga aniqlangan muammolarni bartaraf qilish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

12.02.2026 / 05:58.Yunusobod tumanidagi 53-sonli DMTTda "Reggio yondashuvi asosida taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish" mavzusida o‘quv-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi
25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi





















