Ta’lim sifati o‘rganildi
Yunusobod tumanida ta’lim sifatini ta’lim sifatini oshirishga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni aniqlash, sifat va samaradorlik ko‘rsatkichlarini oshirish hamda kadrlar tayyorlash tizimining raqobatbardoshligini oshirib kelinmoqda.
Tuman hokimi B.Abduvaliyev har bir o‘rganish jarayonlarida mazkur masalaga jiddiy e’tibor qaratib, umumta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirishdagi muammolarni bartaraf qilib kelmoqda.
Hokimning navbatdagi o‘rganishlari “Yo‘lariq” mahallasi bo‘ldi. Unda sinfxonalariga kirib o‘qituvchi va o‘quvchilar muloqotini ko‘zdan kechirdi.
Hokim, o‘rganishlar mobaynida o‘quv-tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha amalga oshirish zarur bo‘lgan metodlarni qo‘llash bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi.
Shuningdek, hokim maktabdagi laboratoriya xonalari bilan ham tanishib, ushbu xonalarda olib boriladigan amaliy mashg‘ulotlar ta’lim sifatini oshirishda muhimligi, unda olingan bilimning samarasi bir necha karra yuqori bo‘lishini e’tirof etdi.
Pedagoglar bilan suhbat chog‘ida aniq fanlarni o‘qitishda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish hamda interaktiv mashg‘ulotlarga e’tiborni kuchaytirish kerakligi ta’kidladi.
Mutasaddilarga maktabni zamonaviy laboratoriya, kompyuter texnikasi, sport anjomlari va boshqa zarur vositalar bilan jihozlash bo‘yicha topshiriq berdi.
Bundan tashqari o‘qituvchilar malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, metodik ta’minotni yangicha tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.


11.07.2025 / 10:01.Yunusobod tumanidagi 9-IDUMda "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Tadbirkor va yoshlar uchrashuvi" tashkil etildi

24.06.2025 / 11:05.“Samara” tantanalar saroyida ana shu baxtiyor yoshlarni tantanali taqdirlash marosimi o'tkazildi

19.06.2025 / 09:35.Yunusobod tumanidagi 273-sonli umumta’lim maktabida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida faoliyat yuritayotgan “Kamalak” yozgi bolalar kunduzgi oromgohida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi