“Mahalliy ta’lim guruhi”ning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi
Joriy yilning 12-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Ta’lim bo‘yicha global hamkorlik (GPE) tashkiloti, UNICEF hamda milliy va xalqaro hamkor tashkilotlar ishtirokidagi “Mahalliy ta’limi guruhi”ning navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda GPE tashkilotining Mustaqil texnik maslahat kengashi (ITAP) tomonidan “2023-2026-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi ta’lim sohasini isloh qilishning Milliy yo‘l xaritasi” (National Compact)da belgilangan vazifalar ijrosi haqida muhim fikr va mulohazalar bildirib o‘tildi. “Mahalliy ta’lim guruhi” a’zolari 2023-2026-yillarga mo‘ljallangan “Milliy yo‘l xaritasi”da belgilangan ustuvor vazifalarni bajarishga doir hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishishdi.

12.02.2026 / 05:58.Yunusobod tumanidagi 53-sonli DMTTda "Reggio yondashuvi asosida taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish" mavzusida o‘quv-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi
25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi





















