Abu Rayhon Beruniy nomidagi Xalqaro kimyo olimpiadasining ochilish marosimi o‘tkazildi
Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Xiva shahrida tashkil etilayotgan Abu Rayhon Beruniy nomidagi Xalqaro kimyo olimpiadasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi, mutasaddi tashkilotlar, shuningdek, olimpiadada ishtirok etuvchi xorijiy davlatlar o‘quvchi-yoshlari qatnashdi. O‘ziga xos bayram shukuhiga ulanib ketgan tadbirda so‘zga chiqqanlar mazkur musobaqaning ahamiyatli jihatlari hamda uning ishtirokchi o‘quvchilar hayotidagi o‘rni xususida atroflicha fikr bildirib o‘tishdi.
Xususan, tadbirda o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashgan germaniyalik professor Joxann Plank buyuk bobokalonimiz Abu Rayhon Beruniy ilmiy me’rosi va faoliyati bugungi kunga qadar dunyo olimlari tomonidan katta qiziqish bilan o‘rganib kelinayotganligini alohida ta’kidladi.
Tadbir davomida ishtirokchi davlatlarning tanishtiruv marosimi tashkil etildi.
O‘zaro do‘stona va quvnoq tarzda davom etgan olimpiadaning ochilish marosimi diltortar kuy-qo‘shiqlar va o‘quvchi-yoshlarning beg‘ubor raqs davralariga ulanib ketdi.

17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi
14.11.2025 / 09:43.Yunusobod tumanidagi 9-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida “Inson qadri, el-yurt baxti uchun” mavzusida maʼnaviy- maʼrifiy tadbir oʻtkazildi
03.11.2025 / 09:44.Yunusobod tumani 206-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Yo'l qoidasi — umr foydasi!” mavzusida mashg'ulotlar o‘tkazildi





















