12 yoshgacha bolalarning ota-onalar nazoratisiz cho‘milishi taqiqlanadi
🚫 Suvda aholining ommaviy dam olish joylarida dam olayotgan fuqarolarga quyidagilar taqiqlanadi:
🔹 taqiqlovchi belgilar va “Xavfli!”, “Cho‘milish taqiqlanadi!”, “Sho‘ng‘ish (suvga sakrash) taqiqlanadi!” so‘zlari yozilgan joylarda cho‘milish va suvga sakrash;
🔹 to‘sish belgilaridan o‘tib suzish;
🔹 motorli, yelkanli kemalarga, eshkakli kemalarga va boshqa kichik o‘lchamli kemalar yaqiniga suzib borish;
🔹 texnik va ogohlantirish belgilaridan va buyto‘siqlaridan boshqa maqsadlarda foydalanish;
🔹 sakrash uchun moslanmagan inshootlardan hamda chuqurligi va tubining holati noma’lum bo‘lgan joylarda suvga sakrash;
🔹 alkogolli mahsulotlarni iste’mol qilish va mast holatda cho‘milish;
🔹 suvda sho‘ng‘ish va cho‘miluvchilarni ushlab olish bilan bog‘liq o‘yinlarni tashkil etish;
🔹 yolg‘on trevoga signali berish;
🔹 voyaga yetmaganlarni nazoratsiz qoldirish;
🔹 suzish uchun avtomobil kameralari, taxtachalar va shu kabilardan foydalanish;
🔹plyajlar akvatoriyalarida motorli, yelkanli, eshkakli qayiqlardan, eshkakli va motorli kichik o‘lchamli kemalardan, suv velosipedlaridan foydalanish;
🔹 kuchuklar va boshqa hayvonlarni o‘zi bilan olib kelish, cho‘miltirish, sayr qildirish;
🔹 suv havzalarini iflos qilish, qirg‘oqda axlatlarni qoldirish;
🔹 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ota-onalar nazoratisiz yakka tartibda cho‘milishi;
🔹 shisha buyumlar yoki boshqa xavfli buyumlarni qoldirish yoki plyaj materialiga ko‘mish;
🔹 ovqat tayyorlash va isitish uchun olovdan foydalanish;
🔹 tovush balandligi 90 dBdan ortiq bo‘lgan kuchli ovoz chiqarish qurilmalaridan foydalanish;
🔹 qonunga zid boshqa xatti-harakatlarni sodir etish.

12.02.2026 / 05:58.Yunusobod tumanidagi 53-sonli DMTTda "Reggio yondashuvi asosida taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish" mavzusida o‘quv-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi
25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi





















