Maktablarni kompyuter jihozlari bilan to‘liq ta’minlash bo‘yicha xatlov ishlari boshlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-son Farmoniga muvofiq, yangi o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining boshlang‘ich sinflarida informatika fani, xususan, 1-sinfdan “Informatika va axborot texnologiyalari” fani o‘qitilishi belgilangan.
Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida ayni vaqtda mamlakatimizning barcha umumta’lim maktablarining kompyuter sinfxonalarini qayta jihozlashga doir xatlov jarayonlari boshlandi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ul xodimlari tomonidan olib borilayotgan o‘rganishlar davomida kompyuter sinfxonalarining moddiy-texnik bazasi ko‘zdan kechiriladi.
Yakuniy xulosalar asosida tegishli maktablar zamonaviy kompyuter jihozlari bilan to‘liq ta’minlanadi.
Hozirda Toshkent shahrida joylashgan mavjud 335 ta maktabda mazkur yo‘nalishga doir keng xatlov ishlari boshlandi.

17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi
14.11.2025 / 09:43.Yunusobod tumanidagi 9-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida “Inson qadri, el-yurt baxti uchun” mavzusida maʼnaviy- maʼrifiy tadbir oʻtkazildi
03.11.2025 / 09:44.Yunusobod tumani 206-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Yo'l qoidasi — umr foydasi!” mavzusida mashg'ulotlar o‘tkazildi





















