O‘zbekistonlik o'quvchi 53-Xalqaro fizika olimpiadasida (IPhO) bronza medalini qo‘lga kiritdi
Joriy yilning 10-17-iyul kunlari Yaponiyaning Tokio shahrida bo'lib o'tgan 53-Xalqaro fizika olimpiadasida O'zbekiston terma jamoasi a'zosi, Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o’quvchisi Javohir Sultonov bronza medalini qo'lga kiritdi.
Ma'lumot uchun, mazkur olimpiadada 91 ta mamlakatdan jami 400 nafardan ortiq o‘quvchi ishtirok etdi. Ushbu medal Xalqaro fizika olimpiadasida(IPHO) qo’lga kiritilgan O’zbekiston tarixidagi 3-bronza medali hisoblanadi.
Terma jamoamiz a’zolari mazkur nufuzli musobaqada 2015-yildan buyon ishtirok etib kelishmoqda va hozirga qadar jami 3 ta bronza medalni (2018, 2021, 2023) qo‘lga kiritishgan.

17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi
14.11.2025 / 09:43.Yunusobod tumanidagi 9-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida “Inson qadri, el-yurt baxti uchun” mavzusida maʼnaviy- maʼrifiy tadbir oʻtkazildi
03.11.2025 / 09:44.Yunusobod tumani 206-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Yo'l qoidasi — umr foydasi!” mavzusida mashg'ulotlar o‘tkazildi





















