53-Xalqaro fizika olimpiadasida ishtirok etgan O’zbekiston terma jamoasi a’zolari Toshkent shahriga yetib kelishdi
Joriy yilning 10-17-iyul kunlari Yaponiyaning Tokio shahrida bo'lib o'tgan 53-Xalqaro fizika olimpiadasida ishtirok etgan O’zbekiston terma jamoasi a’zolari Toshkent shahriga yetib kelishdi.
O’quvchilarimiz Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ullari va ota-onalar tomonidan Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi.
Eslatib o’tamiz, terma jamoamiz a’zosi, Mirzo Ulug’bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o’quvchisi Javohir Sultonov mazkur olimpiadada bronza medalni qo’lga kiritdi.

12.02.2026 / 05:58.Yunusobod tumanidagi 53-sonli DMTTda "Reggio yondashuvi asosida taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish" mavzusida o‘quv-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi
25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi





















