Mas'ullar o'quv yiliga tayyorgarlik va yangi tahrirdagi “odob-axloq qoidalari"ni muhokama qilishdi
Ayni vaqtda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalarni belgilab olish” mavzusida Respublika o‘quv-seminari bo‘lib o‘tmoqda.
✔️ Tadbirni kirish so‘zi bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta'lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi Odil Abdurahmonov ochib berdi:
- Tarbiyaga barcha - o'qituvchi, ota-ona va jamiyat birdek mas'uldir. Bu borada sabablarni to‘g‘ri baholay olmaganimiz, amalga oshirilayotgan ishlardan natija olinmaganligi tufayli hozirgi nuqtaga kelib qoldik. Jahonda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar fonida ma'naviyat va tarbiya masalasi yanada muhimroq ahamiyat kasb etmoqda. Bizning kelajakka qo‘ygan rejalarimiz, intilayotgan marralarimiz juda katta. Bu yo'lda esa ma'nan barkamol, vatanparvar yoshlarga ehtiyojimiz bor.
✔️ Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova:
- Bu seminar-treninglar yig'ilish emas, balki mulohazalar, takliflar uchun ochiq maydon tarzida o'tishini istardim. Biz ko'tarayotgan mavzu juda muhim, unda har biringizning taklifingiz soha rivojida alohida ahamiyat kasb etadi. Bugun maktablar uchun “Odob-axloq qoidalari"ning yangi tahririni birgalikda ko‘rib chiqamiz. Men sizlar tomoningizdan bildiriladigan barcha takliflarga ochiqman. Zero, o‘quvchilarimizni yurtimiz taraqqiyotiga xizmat qiluvchi yoshlar etib tarbiyalashda biz hammamiz bir jamoamiz, bitta kemadamiz.
✔️ Dilshod Kenjayev, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari:
- Bugungi ta'lim jarayonini tarbiyadan alohida tasavvur etib bo‘lmaydi. Biz sizlar bilan sohaga oid muammolar va ularning yechimlarini ko'rib chiqish uchun yig'ilganmiz. Har bir taklif ustida alohida ishlaymiz. Bu esa yagona maqsad yo‘lida bitta jamoa bo‘lib ishlashga yordam beradi.


21.04.2025 / 08:25.Yunusobod tumanidagi 246-sonli umumta’lim maktabida bitiruvchi-yoshlarni kasbga yo’naltirish, kasb tanlash va o’quvchi shaxsining kelajakda malakali mutaxassis bo’lib yetishishlari maqsadida “Kasb kuni” o’tkazildi

16.04.2025 / 09:23.Yunusobod tumanidagi 43-sonli tayanch davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida "Metodik mahorat kuni" loyiha doirasida o'quv-amaliyot mashg'ulotlari o'tkazildi

15.04.2025 / 11:39.Yunusobod tumani 53-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Har kuning bo’lsin Navro'z!” shiori ostida bayram sayli uyushtirildi