Bugun Guliston shahrida Maktablarni isloh qilish bo‘yicha viloyat kengashi yig‘ilishi bo’lib o’tdi
Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, Sirdaryo viloyati hokimi Mahmudaliyev Akmaljon, tuman (shahar) hokimlari, vazirlikning viloyat boshqarma va tuman bo‘limi boshliqlari hamda ularning o‘rinbosarlari, maktabgacha ta’lim tashkiloti va maktablar direktorlari ishtirok etishdi.
Vazir Hilola Umarova tomonidan viloyatdagi ta'lim jarayonlari tahlil qilinib, quyidagi taklif va tashabbuslar ilgari surildi:
Sirdaryo viloyatidagi maktablarda Prezident maktablari tajribasi joriy etiladi.
Bunda Sirdaryodagi 10 ta maktabda o‘quvchilarning qobiliyati va tanlovi asosida (10-sinfda ixtisoslashuv asosida o‘qitish) va yana 11 ta maktabda tajriba-sinov tariqasida Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning yangicha o‘qitish hamda baholash tizimi asosida darslar yo'lga qo'yiladi.
Viloyat bo'ylab jami 11 ta maktabda kasb o‘rgatish va ikkinchi xorijiy tillarni o‘qitish jarayonlari joriy etiladi.
Shuningdek, yig‘ilish doirasida:
Sirdaryo tumanidagi “Furqat” va “Farovon” mahallalarida xususiy sektorni jalb qilgan holda maktabgacha ta'lim tashkilotini tashkil etish hamda
maktablarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va maktabdan tashqari ta’limni sifatli tashkil etish bo'yicha takliflar ilgari surildi.
Ma'lumot o‘rnida, so‘nggi 5 yilda viloyatda 13 ta yangi maktablar barpo etilib, qo‘shimcha 7 ming o‘quvchi o‘rni yaratilgan.
Maktab bitiruvchilarini oliy ta’limga kirish ko‘rsatkichi ham yaxshilanib, 39 foizga yetdi.


30.05.2025 / 10:09.Yunusobod tumanidagi 5-sonli umumta'lim maktabida “Metodik marafon” tadbiri bo‘lib o‘tdi

24.05.2025 / 11:43.Yunusobod tumanidagi 43-sonli umumta'lim maktabida ham “Ilm – eng buyuk sharaf!” shiori ostida “So'nggi qo'ng'iroq” tadbiri ko'tarinki kayfiyatda o'tkazildi

18.05.2025 / 10:58.Yunusobod tumanidagi 246-maktab ma'muriyati tashabbusi bilan tashkil etilgan “Book Lab” kutubxonasining tantanali ochilishi bo'lib o'tdi