Maktab o‘qituvchilariga 50 va 20 foiz ustama to‘lanadigan sertifikatlar ro‘yxati e’lon qilindi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023/2024 o‘quv yilida ustama to‘lanadigan sertifikatlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori tasdiqlandi.
Jumladan, ro‘yxatga yangidan qo‘shilgan yoki ustama to‘lash ballari o‘zgartirilgan sertifikatlar quyidagilar:
–GRE (Graduate Record Examinations) Quantitative Reasoning (bali o‘zgartirilmoqda 155 ballga tenglashtirilgan o‘zgarish matematika, fizika, biologiya va kimyo fanlariga ham tegishli);
–Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan beriladigan tarix, geografiya hamda boshlang‘ich ta’lim (ona tili va adabiyot (O‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti) yoki matematika fanidan);
–Teaching English as a Foreign Language (TEFL);
–Teaching English as a Second Language (TESL);
–SAT subject score ( yangidan qo‘shilmoqda matematika, fizika, biologiya va kimyo fanlariga tegishli);
–A levels (A) hamda Astrum SCertified IT Educator (80) (informatika va axborot texnologiyalari fanidan).

12.02.2026 / 05:58.Yunusobod tumanidagi 53-sonli DMTTda "Reggio yondashuvi asosida taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish" mavzusida o‘quv-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi
25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi





















