Vazirlik delegatsiyasi Ta'lim instituti vasiylik yig'ilishida ishtirok etmoqda
Ayni paytda Turkiyaning Istanbul shahrida Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) huzuridagi Ta’lim instituti Vasiylik kengashining IV yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston Respublikasi vakili sifatida Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi delegatsiyasi ilk bora ishtirok etmoqda. Tadbirning birinchi kuni, 4-avgustda Vasiylik kengashi ekspertlari yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda tashkilotga a’zo davlatlar delegatsiyalari kun tartibidagi masalalarni ko‘rib chiqib, fikr-mulohazalar almashishdi. Ekspertlar yig‘ilishidan so‘ng, delegatsiya rahbarlari o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuvlar tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxodjayev Turkiya Milliy ta’lim vaziri, professor Yusuf Tekin bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida tomonlar ikki davlat rahbariyati o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar hamda har tomonlama strategik sheriklik kundan-kunga mustahkamlanayotganligi va ta’lim sohasidagi hamkorlik eng muhim yo‘nalishlardan biri ekanligini alohida e’tirof etishdi. Unda, xususan pedagoglar malakasini oshirish hamda ikki davlat yoshlari o‘rtasida almashinuv dasturlarini tashkil etish, maktab o’quvchilari o'rtasida fan olimpiadalarini va qardosh maktablar dasturini kengaytirish yo'nalishlari muhokama qilindi.
Hozirda anjumanning asosiy qismi - Vasiylik kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi
14.11.2025 / 09:43.Yunusobod tumanidagi 9-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida “Inson qadri, el-yurt baxti uchun” mavzusida maʼnaviy- maʼrifiy tadbir oʻtkazildi
03.11.2025 / 09:44.Yunusobod tumani 206-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Yo'l qoidasi — umr foydasi!” mavzusida mashg'ulotlar o‘tkazildi





















