Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Ikkinchi ustozlar milliy forumi”ning ochilish marosimi bo’lib o’tdi
Tadbirni kirish so’zi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi Odil Abdurahmonov ochib berdi:
- Bugungi kunda o'qituvchilarning nufuzini oshirishga qaratilgan tizimli ishlar olib borilmoqda. Shunga mos tarzda ta'lim sifatini oshirish, chet tillarini puxta o'rganish, moliyaviy savodxonlikni oshirishi hamda amaliyotga bog'lagan holda dars o'tish zamon talabiga aylanib bormoqda. Umid qilamanki, bugungi forum yangi o'quv yili oldidan oldimizda turgan dolzarb vazifalarni belgilab olish uchun o'ziga xos maydon vazifasini bajaradi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova:
- Maktabni o‘zgartirmasdan turib jamiyatni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Ta’lim va tarbiyaning asosi, poydevori bu – bog‘cha va maktabdir. Ularni muqaddas dargoh qiladigan kuch esa pedagoglarimiz hisoblanadi. Bugungi kunda, tizimda faoliyat yuritayotgan 500 ming nafar o‘qituvchi va 150 ming nafar tarbiyachilarimiz kelajak taraqqiyoti poydevorini yaratadi. Ushbu forum ustozlarimizga tajriba almashish va yangi bilimlarni egallashlariga ko'mak berishiga ishonaman.
Shuningdek, tadbir doirasida fidoyi ustozlardan 24 nafari “Xalq ta’limi a’lochisi” ko’krak nishoni bilan taqdirlandi. Ko’krak nishonlari O’zbekiston Qahramonlari Muhabbat Sharopova, Anor Mahmudova, O'zbekiston xalq o'qituvchisi Baxtiyor Abdiyev, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan o’qituvchi Mirfozil Mirzaahmedovlar tomonidan ustozlarga topshirildi.
Ma’lumot uchun, mazkur forumda butun Respublikamiz bo‘ylab jami 322 nafar pedagog xodim qatnashishmoqda.
Kunning ikkinchi qismida esa ishtirokchilar uchun 14 ta sho’bada o'quv treninglari tashkil etiladi.


21.04.2025 / 08:25.Yunusobod tumanidagi 246-sonli umumta’lim maktabida bitiruvchi-yoshlarni kasbga yo’naltirish, kasb tanlash va o’quvchi shaxsining kelajakda malakali mutaxassis bo’lib yetishishlari maqsadida “Kasb kuni” o’tkazildi

16.04.2025 / 09:23.Yunusobod tumanidagi 43-sonli tayanch davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida "Metodik mahorat kuni" loyiha doirasida o'quv-amaliyot mashg'ulotlari o'tkazildi

15.04.2025 / 11:39.Yunusobod tumani 53-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Har kuning bo’lsin Navro'z!” shiori ostida bayram sayli uyushtirildi