Boshlang‘ich sinflar uchun tayyorlangan zamonaviy darsliklar ko‘rgazmasi tashkil etildi
Poytaxtimizdagi 60-umumta’lim maktabida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘tkazilgan boshlang‘ich sinflar uchun tayyorlangan zamonaviy darsliklar ko‘rgazmasi bo'lib o'tdi. Tadbirda Saida Mirziyoyeva, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova hamda soha vakillari ishtirok etdi.
Saida Mirziyoyeva:
— Yurtimizda ta’limga katta e’tibor berilayotganligi sababli ayni vaqtda maktablarimiz infratuzilmasi kundan-kun yaxshilanib boryapti. O‘qituvchilarni maktabga qaytarish Prezidentimizning armoni va orzusi edi. Bugun o‘qituvchi darsda.
Endi ularga tajriba, bilim va o‘qitish uchun dasturlar, metodika va darsliklar kerak. Bu yil boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining darsliklari tubdan yangilanyapti. Shu bilan birga yangi metodika asosida Toshkentda 300 nafar ilg‘or pedagog o‘z malakasini oshirdi. Umid qilamanki, ustozlarimiz zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni qunt bilan o‘zlashtirib, qolgan hamkasblariga ham ularni yetkazishadi.
Tadbirda so‘z olgan vazir Hilola Umarova so‘nggi yillarda tizimda olib borilayotgan islohotlar natijasida ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan pedagoglarning moddiy-ma’naviy sharoiti tubdan yaxshilanib borayotgani hamda maktablarda ta’lim-tarbiya sifatini oshirishning zamonaviy texnologiyalari joriy qilinayotganligi aytib o‘tdi.
Tadbir davomida kimyo, biologiya va fizika fanlaridan tayyorlangan virtual laboratoriyaning taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. Shu bilan birga “Global Teacher Prize” tanlovining milliy bosqichiga start berildi.


21.04.2025 / 08:25.Yunusobod tumanidagi 246-sonli umumta’lim maktabida bitiruvchi-yoshlarni kasbga yo’naltirish, kasb tanlash va o’quvchi shaxsining kelajakda malakali mutaxassis bo’lib yetishishlari maqsadida “Kasb kuni” o’tkazildi

16.04.2025 / 09:23.Yunusobod tumanidagi 43-sonli tayanch davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida "Metodik mahorat kuni" loyiha doirasida o'quv-amaliyot mashg'ulotlari o'tkazildi

15.04.2025 / 11:39.Yunusobod tumani 53-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Har kuning bo’lsin Navro'z!” shiori ostida bayram sayli uyushtirildi