Toshkent shahrida Respublika bolalar kutubxonasining ochilish marosimi tashkil etildi
2023-yil 31-avgust kuni Toshkent shahrida Respublika bolalar kutubxonasining ochilish marosimi tashkil etildi. Respublika bolalar kutubxonasining hozirgi yangi ko‘rinishida zamonaviy keng va yorug‘ kitob zallarini, ovoz yozish studiyasini, qayta tiklangan manzarali pannolarni hamda kitobxonlik tadbirlari va turli mahorat darslari, spektakl va filmlar namoyishi uchun hovli markazida joylashgan katta yog‘ochli pergolani ko‘rishingiz mumkin. Respublika bolalar kutubxonasining ochilish marosimi munosabati bilan ham bolalar, ham kattalarga maroqli bo‘ladigan kutubxona bosh me’mori Lyubov Leontyevaning ma’ruzasi, Asadbek Obidjonovning “Yosh dirijyor bo‘lib yetishishga doir” ochiq suhbati, ruhshunos Natalya Reshimning “Shunchaki muhim narsalar haqida” kitobi, harakatli dizayn, kollajlar yaratish, havaskor boshlovchilar uchun fortepiano chalish, “Goodween” Gullar uyi ishtirokida guldastalar yasash mahorat darsi va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Respublika bolalar kutubxonasiga tashrif buyurgan kitobxonlarga kutubxonada yaratilgan shart-sharoitlar va uning qulayliklari to‘g‘risida ma’lumot berildi.



11.07.2025 / 10:01.Yunusobod tumanidagi 9-IDUMda "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Tadbirkor va yoshlar uchrashuvi" tashkil etildi

24.06.2025 / 11:05.“Samara” tantanalar saroyida ana shu baxtiyor yoshlarni tantanali taqdirlash marosimi o'tkazildi

19.06.2025 / 09:35.Yunusobod tumanidagi 273-sonli umumta’lim maktabida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida faoliyat yuritayotgan “Kamalak” yozgi bolalar kunduzgi oromgohida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi