Informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilari malakasi oshirilmoqda
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan qator xorijiy hamkor tashkilotlar ko‘magida 5-11-sinf informatika va axborot texnologiyalari fani bo‘yicha darslik va o‘quv-metodik adabiyotlari mahalliylashtirildi. Ayni vaqtda mazkur darsliklardan foydalanish yuzasidan respublikamizning 500 nafar informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilari uchun kaskad usulida trening tashkil etilmoqda. Treninglarning 1-bosqichi joriy yilning 21-23-avgust kunlari respublikamizning 14 ta hududidan tashrif buyurgan 30 nafar o‘qituvchilar uchun Toshkent shahrida o‘tkazilmoqda.
Mazkur treninglarning 2-bosqichi 28-30-avgust kunlari viloyatlardagi Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlarida respublikada malaka oshirgan 30 nafar trenerlar tomonidan 470 nafar o‘qituvchilar uchun kaskad usulida davom ettiriladi. Shuningdek, informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilariga yangi darsliklardan foydalanish bo‘yicha videokurslar ishlab chiqildi. Abdulla Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot institutining LMS platformasiga joylashtirilgan videokurslar orqali o‘qituvchilarga onlayn shaklda o‘qish imkoniyati yaratildi.

12.02.2026 / 05:58.Yunusobod tumanidagi 53-sonli DMTTda "Reggio yondashuvi asosida taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish" mavzusida o‘quv-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi
25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi





















