Iqtidorli o'quvchilar "FRIENDS" xalqaro yoshlar oromgohida
19-29-avgust kunlari Rossiya Federatsiyasining Kazan shahrida dunyoning ko'plab mamlakatlaridan tashrif buyurgan maktab o'quvchilari ishtirokida "Friends" xalqaro yoshlar oromgohi tashkil etildi. Ushbu oromgohda O'zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda. Bu qatorda umumta'lim maktablarning faol va intiluvchan 10-11-sinf o'quvchilari ham bor. Oromgohda o‘quvchilar boshqa davlat yoshlari bilan tanishuvlar, dunyoqarash, ochilmagan qirralarini rivojlantirish bilan bir qatorda o'zlari uchun yangi g'oyalarni kashf etishmoqda. 10 kun davom etadigan ushbu ko'ngilochar va yangi bilimlarni egallashga yo'naltirilgan oromgohda ko'plab interaktiv o'yinlar va sayohatlar rejalashtirilgan. 20-avgust sanasida O'zbekiston delegatsiyasi milliy ko'rgazmani namoyish etdi. Undagi urf-odatlar, milliy taomlar va kuy-qo'shiqlar yordamida xorijlik o'quvchi va ustozlar e'tirofiga sazovor bo’ldi. Oromgoh doirasida har kuni yoshlar uchun yangi loyihalar va o'yinlar rejalashtirilgan.

25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi
17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi





















