Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan seminar-trening o'tkazildi
Unda o'quvchilar bilimini baholashning yangi tartibi joriy etilgan 87 ta umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari uchun “Ta’lim sifatini ta’minlash va baholash tizimi: Zamonaviy yondashuv va yangi talablar” mavzusida malakali mutaxassislar tomonidan mahorat darslari uyushtirildi. Seminarda Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalariiga ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchilari Umida Alimuhamedova, Muxayyo Aripjanova kabi mutaxassislar o'tgan mashg'ulotlar qatnashchilar e'tiborini tortdi.
Unda yangi baholash tizimi va Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning o‘qitish tizimi hamda tanlov fanlari joriy etilgan umumta’lim maktablarining o‘rinbosarlari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.


15.09.2025 / 07:55.Yunusobod tumanida yangi "Ilk rivojlantirish markazi" ochildi

11.09.2025 / 11:05.Yunusobod tumanidagi 250- va 273-sonli umumta’lim maktablari hamda Toshkent arxitektura-qurilish universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi Kelishuv memorandumi imzolandi

30.08.2025 / 08:43.Yunusobod tumani 288-umumta’lim maktabida 1-sonli pedagogik kengash bo‘lib o‘tdi