O`zLiDeP Toshkent shahar Kengashi Ijroiya qo'mitasi va Xalq deputatlari qo'shma majlisi bo'lib o'tdi
O`zLiDeP Toshkent shahar Kengashi Ijroiya qo'mitasi va Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashidagi O`zLiDeP deputatlik guruhining qo'shma majlisi bo'lib o'tdi. Majlisda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentyabrdagi “O'zbekiston – 2030” strategiyasi to'g'risida”gi Farmoni ijrosini ta'minlashga qaratilgan Toshkent shahar partiya tashkiloti va O`zLiDeP deputatlik guruhining oldidagi ustuvor vazifalar hamda boshqa masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, majlisda Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i Nilufar Husanboyevaning “Toshkent shahridagi ta'lim muassasalarining 2023-2024 o'quv yiliga hamda kuz-qish mavsumiga tayyorligi va bu borada amalga oshirilgan ishlari to'g'risida”gi axboroti eshitildi.

25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi
17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi





















