Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot institutida bo‘ldi
“O‘qituvchilarning malaka oshirish va qayta tayyorlash jarayonlari zamonaviy sharoitlarda bo‘lishi lozim” - Hilola Umarova
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot institutida bo‘ldi. Vazir Institut rektori Abduvali Ismoilov, institut xalqaro maslahatchisi Islam Elhadary bilan yangi malaka oshirish tizimi, maktab direktorlari lavozimiga nomzodlar uchun menejerlik kurslarini o‘tkazish bo‘yicha fikr almashdi. Suhbat jarayonida Hilola Umarova o‘qituvchilarni malaka oshirish va qayta tayyorlash jarayonlari ayanchli holga kelib qolgani, tizimni tubdan o‘zgartirish lozimligini qayd etdi. Institut binosi zamon talablari asosida rekonstruksiya qilinadi. Institutni ko‘zdan kechirar ekan, muassasa binosi mutlaqo zamon talablariga javob bermasligi, moddiy-texnik bazasi eskirgani, bu yerga pedagoglar ishtiyoq bilan kelishlari uchun uni mutlaqo yangidan eng zamonaviy texnologiyalar asosida qayta rekonstruksiya qilinishini maʼlum qildi. Institutning zamonaviy o‘quv binosi, so‘nggi texnologiyalar bilan jihozlangan o‘quv xonalari, barcha sharoitlarga ega turar joylari va amaliyot o‘tash uchun o‘z maktabi bo‘ladi.
“O‘qituvchilarning malaka oshirish va qayta tayyorlash jarayonlari zamonaviy sharoitlarda bo‘lishi lozim. Institut hududiy malaka oshirish institutlariga lokomotiv bo‘lishi lozim”, - deya qayd etdi vazir.
Tizim mutlaqo qaytadan ko‘rib chiqiladi
“Avloniy institutiga taʼlim sohasida juda katta tajribaga ega xorijiy maslahatchi jalb etdik. Birgalikda pedagog xodimlarimizni qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimini mutlaqo qaytadan ko‘rib chiqib, yangidan joriy qilamiz. Ushbu yo‘nalishda dastlabki qadamlarni belgilab olyapmiz. Tez fursatlarda bu yo‘nalishda qilinayotgan ishlarni maʼlum qilamiz”.
Vazir tomonidan institut rahbariyati oldiga muhim vazifalar belgilab berildi va sohada tez fursatlarda natijalar bo‘lishiga ishonch bildirildi.


18.10.2025 / 10:15.Yunusobod tumani MMTB tasarrufidagi umumta'lim maktablarining 6-7-8sinf hamda 9-10sinf o'quvchilar toifasida "JADIDLAR IZIDAN" Respublika tanlovini tuman bosqichidagi taqdirlash jarayonlaridan fotolavhalar

14.10.2025 / 10:32.Yunusobod tumani 499-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida Kelajak soatidan fotolavhalar

14.10.2025 / 10:25.Yunusobod tumani 260-umumta’lim maktabida Mohir adiba va jurnalist Dilfuza Qarshiboyeva ishtirokida “Ma’rifat ulashib” nomli adabiy-ma’rifiy uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi