Voleybol bo‘yicha o‘smirlar (U-14) o'rtasida O‘zbekiston kubogi o‘tkazildi
Kuni kecha Termiz shahrida Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan voleybol bo‘yicha o‘smirlar (U-14) o'rtasida O‘zbekiston kubogi o‘tkazildi.
Mamlakatimizmizning barcha hududlaridan o'n to'rt jamoa ishtirok etgan nufuzli musobaqada Toshkent shahri terma jamoasi munosib ishtirok etdi. Poytaxtliklar yarim finalda qoraqolpog‘istonlik tengqurlarini, hal qiluvchi bahsda esa Andijon terma jamoasini yengdi va oltin medalga sazovor bo'ldi. Toshkent shahar terma jamoasi g'alabasiga Yunusobod tumanidagi 260-sonli umumta’lim maktabining 7-“V” sinf o‘quvchilari Almir Galyamov va Arslon Jelandinovlar munosib hissa qo'shdilar.

12.02.2026 / 05:58.Yunusobod tumanidagi 53-sonli DMTTda "Reggio yondashuvi asosida taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish" mavzusida o‘quv-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi
25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi





















