"Jismoniy tayyorgarlik darajasi" sport sinovlarini qabul qilishga start berilmoqda

Yoshlar siyosati va sport hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamkorligida o‘quvchilarni jismoniy harakatlanishga yo‘naltirish orqali ularni salomatligini mustahkamlash qaratilgan "Jismoniy tayyorgarlik darajasi" sport sinovlarini qabul qilishga start berilmoqda.
Bugun poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 86-sonli umumta'lim maktabida tumandagi 21-, 86-, 220- hamda 302-sonli maktablarning 9- va 11-sinf o‘quvchilaridan sport sinovlari qabul qilindi.
Sport sinovlari ixtiyoriy va maxsus talablardan iborat bo‘lib, bu o‘quvchilar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish orqali ularning jismoniy qobiliyati va harakat faolligini takomillashtirish, zararli odatlar hamda turli kasalliklarning oldini olish va sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan loyiha hisoblanadi va tez orada umummilliy harakatga aylanadi.
Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
12.02.2026 / 05:58.Yunusobod tumanidagi 53-sonli DMTTda "Reggio yondashuvi asosida taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish" mavzusida o‘quv-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi
25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi





















