2023/2024-o'quv yilida umumta'lim fanlari bo'yicha asosiy olimpiadaning 3 - shahar bosqichi boshlandi

Yunusobod tumanidagi 273-sonli umumta'lim maktabida umumta'lim maktablari, nodavlat ta'lim muassasalari, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi maktablar, akademik litseylar hamda kasb-hunar maktablari o'quvchilari o'rtasida 2023/2024-o'quv yilida umumta'lim fanlari bo'yicha asosiy olimpiadaning 3-(shahar) bosqichi boshlandi.
Olimpiadaning birinchi bosqichida davlat va nodavlat umumiy o'rta ta'lim muassasalaridan 45070, tuman bosqichida esa 14453 nafar o'quvchi ishtirok etdi. Asosiy fan olimpiadasining uchinchi Toshkent shahar bosqichida esa jami 1072 nafar o'quvchi ishtirok etishi ko'zda tutilgan.
Unda o'quvchilar 4 – 9-noyabr kunlari o'tadigan matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan asosiy fan olimpiadasining Toshkent shahar bosqichi g'oliblarini aniqlab berishadi.
Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi
17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi





















