Respublikamiz bo’ylab o‘qituvchilar qurultoyining tuman bosqichi bo’lib o’tdi

Taʼlim islohotlarini birgalikda amalga oshirish, oʻqituvchilarni yagona kuchga aylantirish hamda mavjud muammolarni muhokama qilish va ularning yechimi boʻyicha aniq takliflar ishlab chiqish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Ustoz ta’lim bunyodkori” shiori ostida o‘qituvchilar qurultoyi seminar treninglari tashkil etildi.
Seminar treninglar quyidagi:
➖ Boshlangʻich taʼlim;
➖ Aniq fanlar;
➖ Tabiiy fanlar;
➖ Ona tili va adabiyot yoʻnalishlarida tashkil etilib, har bir yo‘nalish bo‘yicha 341 nafardan jami 1 364 nafar trener o‘qituvchilar tayyorlandi.
Ushbu tayyorlangan trener o‘qituvchilar tomonidan joriy yilning 7-noyabr kuni respublika bo‘yicha 40 684 nafar fan o‘qituvchilariga seminar treninglar hamda ochiq muloqotlar olib borildi.
➖ Jumladan, yo‘nalishlarda o‘qish savodxonligi va ona tili fanlari doirasida 4K modelini qo‘llash, o‘quvchilarda XXI asr ko‘nikmalarini shakllantirish, loyihaga asoslangan taʼlim mavzularida o‘quvlar hamda mavjud muammolar
va ularni yechimi boʻyicha davra suhbatlari bo‘lib o‘tdi.
Maʼlumot uchun: O‘qituvchilar qurultoyi viloyat miqyosida ham tashkil etilib unda, treninglar, ochiq muloqotlar va madaniy tadbirlar doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
03.11.2025 / 09:44.Yunusobod tumani 206-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Yo'l qoidasi — umr foydasi!” mavzusida mashg'ulotlar o‘tkazildi
03.11.2025 / 09:40.Yunusobod tumanidagi “Nurli kelajak” nomli 43-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida ham “Kelajak soati” loyihasi doirasidagi mashg'ulotlar yuqori saviyada tashkil etildi
03.11.2025 / 09:36.Yunusobod tumanidagi “Toychoq” nomli 1-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Yo'l qoidasi — umr foydasi!” mavzusida mashg'ulotlar o'tkazildi





















