''Quvnoq startlar'' sport musobaqasining final bosqichi g‘oliblari aniqlandi

2-3-dekabr kunlari Respublika Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida umumiy o‘rta ta'lim maktablari o‘qituvchilari o‘rtasida ''Quvnoq startlar'' sport musobaqasining final bosqichi bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.
⚡️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda O‘zbekiston ''Yoshlik'' jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi tomonidan tashkil etilgan mazkur musobaqa yuqori kayfiyat va bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tdi.
🏆Musobaqa yakuniy natijalariga ko‘ra:
🥇-o‘rin — Toshkent shahri;
🥈-o‘rin — Jizzax viloyati;
🥉-o‘rin — Buxoro viloyati jamoalari egalladi.
✅Taqdirlash marosimida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, ''Yoshlik'' JTSJ Markaziy kengashi mas'ullari tomonidan g‘olib va sovrindor jamoalarga diplom, medal, ramziy kubok va esdalik sovg‘alari topshirildi.
12.02.2026 / 05:58.Yunusobod tumanidagi 53-sonli DMTTda "Reggio yondashuvi asosida taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish" mavzusida o‘quv-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi
25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi





















