Ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirishga doir Anglashuv memorandumi imzolandi
Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Koreya ilm-fan va ijod jamg‘armasi hamda Koreya Respublikasi elchixonasi qoshidagi Koreya ta’lim markazi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida Anglashuv memorandumi imzolandi.
➖ Asosiy maqsad, ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, tomonlar o‘rtasidagi loyihalarni amalga oshirish tizimini samarali tashkil etishdan iboratdir.
Shuningdek, STEM sohasini rivojlantirish, tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro kadrlar almashuvi tizimini yo‘lga qo‘yish, tomonlarning mavjud muammolarini hamkorlikda hal qilish nazarda tutiladi.
Uchrashuv doirasida qator yo‘nalishlar, jumladan:
➖iqtidorli yoshlar bilan ishlash, ularni xalqaro va mintaqaviy fan olimpiada (STEM fanlaridan)lari va musobaqalarga tayyorlash;
➖STEM fanlari bo‘yicha iqtidorli o‘quvchi va o‘qituvchilar o‘rtasida tajriba almashish maqsadida qisqa va uzoq muddatli almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish;
➖o‘zaro ma’lumotlar almashish uchun qisqa muddatli treninglar tashkil etish bo‘yicha o‘zaro kelishib olindi.

17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi
14.11.2025 / 09:43.Yunusobod tumanidagi 9-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida “Inson qadri, el-yurt baxti uchun” mavzusida maʼnaviy- maʼrifiy tadbir oʻtkazildi
03.11.2025 / 09:44.Yunusobod tumani 206-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Yo'l qoidasi — umr foydasi!” mavzusida mashg'ulotlar o‘tkazildi





















