“Direktorlar kengashi” a’zolari uchun seminar-trening tadbiri bo’lib o’tmoqda
Ayni vaqtda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumta’lim maktablari faoliyatini yanada rivojlantirish hamda ta’lim muassasalarining zamonaviy boshqaruv shakli bo‘lgan “Direktorlar kengashi” a’zolari uchun seminar-trening tadbiri bo’lib o’tmoqda.
Tadbirda vazir Hilola Umarova ishtirok etib, ushbu islohotning ahamiyati haqida so’z yuritdi:
➖ Tizimda amalga oshirilayotgan ko’plab islohotlar bugun ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilmoqda. Yangi loyihalarni joriy etmoqdamiz, yangi marralar tomon intilmoqdamiz. Bu yo’ldagi tashabbuslarimizdan biri – endi maktab direktorlarini tayyorlash va ularni lavozimiga tayinlashda shaffof tizim joriy etiladi. Bu ta’lim tizimini rivojlantirish, o’z oldimizga qo’ygan maqsadlarimizga erishishda katta ahamiyatga ega.
Shuningdek, har bir direktor endi doimiy ravishda o'z ustida ishlab, malaka oshirishi va maktab boshqaruviga oid yillik rejalarini taqdim etishi lozim bo'ladi. Bugungi trening ayni shu yo’lda yana bir qadam bo’ladi, deb o’ylayman. Tizimni bir kunda o’zgartirib bo’lmaydi. Lekin bir jamoa bo’lib harakat qilsak, albatta rejalarimizni ro’yobga chiqara olamiz.


30.05.2025 / 10:09.Yunusobod tumanidagi 5-sonli umumta'lim maktabida “Metodik marafon” tadbiri bo‘lib o‘tdi

24.05.2025 / 11:43.Yunusobod tumanidagi 43-sonli umumta'lim maktabida ham “Ilm – eng buyuk sharaf!” shiori ostida “So'nggi qo'ng'iroq” tadbiri ko'tarinki kayfiyatda o'tkazildi

18.05.2025 / 10:58.Yunusobod tumanidagi 246-maktab ma'muriyati tashabbusi bilan tashkil etilgan “Book Lab” kutubxonasining tantanali ochilishi bo'lib o'tdi