Bugun “Zamonaviy ta’lim direktorlar nigohida” treningi qatnashchilari uchun mahorat darslarining ikkinchi kuni bo’lib o’tdi
Ishtirokchilar uchun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ullari va xorijiy mutaxassis, Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi direktori maslahatchisi Michele Gaddy tomonidan:
➖ Mehnat munosabatlari va mehnat qonunchiligi talablari,
➖Maktablarda moliyaviy faoliyatni tashkil etish tartibi,
➖ Maktablarda korrupsiyaviy holatlarning oldini olish bo‘yicha profilaktik chora-tadbirlar mavzularida seminar-trening tashkil etildi.
Ma’lumot o’rnida: “Direktorlar kengashi”ning asosiy vazifalari:
➖ maktab direktori lavozimiga tanlash va saralash asosida munosib nomzodlarni tavsiya etish;
➖ maktablar boshqaruvida jamoatchilik ishtirokini kengaytirish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
➖ ilg‘or xorijiy tajribani o‘rgangan holda maktab direktorlarining faoliyati samaradorligini baholash bo‘yicha takliflar berish;
➖ maktab direktorlari, o‘qituvchi va pedagoglarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilgan holatda o‘z vakolati doirasida tegishli tavsiyalar ishlab chiqish;
➖ pedagoglar, ota-onalar, o‘quvchilar o‘rtasida maktablar boshqaruvida sog‘lom muhitni tashkil etish bo‘yicha so‘rovnoma va o‘rganishlar o‘tkazish.
Kengash quyidagi huquqlarga ega:
➖ o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan axborotni belgilangan tartibda tegishli ravishda davlat organlari va tashkilotlari hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasalaridan so‘rab olish;
➖ ish rejalar va dasturlarni, ta’lim faoliyatini muhokama qilishda ishtirok etish, ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish.


30.05.2025 / 10:09.Yunusobod tumanidagi 5-sonli umumta'lim maktabida “Metodik marafon” tadbiri bo‘lib o‘tdi

24.05.2025 / 11:43.Yunusobod tumanidagi 43-sonli umumta'lim maktabida ham “Ilm – eng buyuk sharaf!” shiori ostida “So'nggi qo'ng'iroq” tadbiri ko'tarinki kayfiyatda o'tkazildi

18.05.2025 / 10:58.Yunusobod tumanidagi 246-maktab ma'muriyati tashabbusi bilan tashkil etilgan “Book Lab” kutubxonasining tantanali ochilishi bo'lib o'tdi