ZAMONAVIY METODIKA XALQARO PEDAGOGLAR BILAN
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-25-oktabr kunlari Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida ta’lim yo‘nalishida ham bir qancha topshiriqlar berilgan edi. Jumladan, xorijlik mutaxassislar tajribasi, o‘qitish metodikasini umumta’lim maktablari o‘qituvchilari orasida keng targ‘ib qilish, ular ishtirokida umumta’lim maktablari uchun seminar-treninglar o‘tkazish belgilangan. Berilgan topshiriqlarning ijrosini ta’minlash maqsadida barcha hududlardagi Prezident maktablari va hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari o‘rtasida umumta’lim maktablariga metodik yordam ko‘rsatish bo‘yicha o‘tkaziladigan seminar-treninglar reja-grafigi ishlab chiqilgan. Bugundan boshlab barcha Prezident maktablarining xorijlik o‘qituvchilari ishtirokida belgilangan grafik asosida Prezident maktablari hamda tuman va shaharlardagi umumtaʼlim maktablarida seminar-treninglar bo‘lib o‘tmoqda.


11.07.2025 / 10:01.Yunusobod tumanidagi 9-IDUMda "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Tadbirkor va yoshlar uchrashuvi" tashkil etildi

24.06.2025 / 11:05.“Samara” tantanalar saroyida ana shu baxtiyor yoshlarni tantanali taqdirlash marosimi o'tkazildi

19.06.2025 / 09:35.Yunusobod tumanidagi 273-sonli umumta’lim maktabida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida faoliyat yuritayotgan “Kamalak” yozgi bolalar kunduzgi oromgohida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi