Vazir Hilola Umarova tizimdagi faol va yosh o‘qituvchilar hamda iqtidorli o‘quvchilar bilan uchrashdi
Bugun poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarovaning tizimdagi yosh pedagoglar hamda iqtidorli o‘quvchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Vazir uchrashuv davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan qator savollar, jumladan:
➖yoshlarning vazir bo‘lish uchun inson qanday xislatlarga ega bo‘lish kerakligi;
➖soha rahbari sifatida tizimda qanday o‘zgarishlarni amalga oshirgani;
➖kelgusi yilga mo‘ljallangan rejalarning eng muhim uchtasi qaysilar ekanligi;
➖joriy yilda amaliyotga joriy etilgan yangi baholash tizimining o‘ziga xos jihatlari;
➖maktab bitiruv baholarining oliy o‘quv yurtlariga kirishdagi ta’siri to‘g‘risidagi ko‘plab savollarga batafsil javob berib o‘tdi.
Uchrashuvda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumta’lim maktablari faol o‘qituvchi va o‘quvchilari, qator musobaqa va turnirlar g‘oliblari vazirlikning maxsus diplomi hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
➖ Ma'lumot uchun: Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri hamda vazir o‘rinbosarlariga biriktirilgan Toshkent shahridagi 41 nafar, Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanidagi 146 nafar yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda yoshlarning ko‘plab muammolariga ijobiy yechim topilgan.


30.05.2025 / 10:09.Yunusobod tumanidagi 5-sonli umumta'lim maktabida “Metodik marafon” tadbiri bo‘lib o‘tdi

24.05.2025 / 11:43.Yunusobod tumanidagi 43-sonli umumta'lim maktabida ham “Ilm – eng buyuk sharaf!” shiori ostida “So'nggi qo'ng'iroq” tadbiri ko'tarinki kayfiyatda o'tkazildi

18.05.2025 / 10:58.Yunusobod tumanidagi 246-maktab ma'muriyati tashabbusi bilan tashkil etilgan “Book Lab” kutubxonasining tantanali ochilishi bo'lib o'tdi