Hilola Umarova: “O'tgan yil davomida erishgan barcha yutuqlarimizda soha fidoyilarining o'rni beqiyos”

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universitetida vazirlikning joriy yil faoliyati sarhisobi hamda kelgusi yildagi istiqboldagi rejalarni amalga oshirishga doir kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
️Vazir Hilola Umarova rahbarligida o‘tkazilgan tadbirda vazirlik hamda tizim tashkilotlari tomonidan 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar tahlil etildi va kelgusi faoliyat rejalari belgilab olindi.
Vazir vazirlik muassisligidagi nashrlarga noutbuk va fotoapparat jamlanmalarini topshirdi.
Tadbir doirasida vazirlik muassisligidagi bosma nashrlar — “Ma’rifat” – “Учитель Узбекистана”, “Tong yulduzi”, “Класс!” gazetalari, “Xalq ta’limi”, "Til va adabiyot ta'limi" – "Преподавание языка и литературы" – "Language and literature teaching”, “Boshlang‘ich ta’lim”, “Gulxan”, “G‘uncha” jurnallari tahririyatlariga noutbuk va fotoapparat jamlanmalari taqdim etildi.
Shuningdek, joriy yilda faol va samarali mehnat qilgan vazirlik hamda tizim xodimlari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.
12.02.2026 / 05:58.Yunusobod tumanidagi 53-sonli DMTTda "Reggio yondashuvi asosida taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish" mavzusida o‘quv-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi
25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi





















