“Prezident archasi” bayram tadbiri boshlandi
Yangi yil bayrami munosabati bilan tashkil etilgan "Yangi yil ertaklari" mavzusidagi “Prezident archasi” tadbirining dastlabki seans dasturlariga start berildi.
Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ishtirok etmoqda.
Mazkur bayram tadbiri Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, ota-ona qarovisiz qolgan, ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qilish yo‘lida qurbon bo‘lgan harbiy xizmatchilar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun tashkil etilmoqda.
Poytaxtimizdagi “Tomosha” bolalar teatr studiyasida tashkil etilgan bayram dasturida Mehribonlik uylari, oilaviy bolalar uylari, “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar internat uylari tarbiyalanuvchilari, yetim bolalar va ota-ona qaromog‘idan mahrum bo‘lgan, ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qilish yo‘lida qurbon bo‘lgan oilalarning 3 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalari qatnashdi.
Tadbir davomida bir guruh bolajonlarga “Prezident sovg‘asi” berildi.
“Prezident archasi” tadbirining takroriy seanslari joriy yilning 29-30-dekabr kunlari soat 10:00 va 14:00 larda bo‘lib o‘tadi.

12.02.2026 / 05:58.Yunusobod tumanidagi 53-sonli DMTTda "Reggio yondashuvi asosida taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish" mavzusida o‘quv-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi
25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi





















