Farg'ona shahrida o'smirlar o'rtasida futzal bo'yicha xalqaro turnir o'tkazildi. Unda LLF 3-LIGA vakili Yunusobod tumanidagi 21-sonli umumta'lim maktabi jamoasi ham ishtirok etdi

Musobaqada Mahfuza Turopova murabbiyligida yunusobodliklar faxrli uchinchi o'rinni egalladi va bronza medalini qo'lga kiritdi. Qolaversa, jamoa futzalchisi Nurxo'jayev Ibrohim 9 ta gol bilan turnir to'purari bo'ldi.
Dastlabki bosqichda poytaxtliklar “Jalolobod”(Tojikiston)ni 4:1, “Dordoy”(Qirg‘iziston)ni 3:2 hisobida yengib, mezbonlar bilan (5:5) durang o'ynadi. Pley-off bosqichida 21-maktab vakillari “Oloy”(Qirg‘iziston) jamoasini 3:0 hisobida mag'lub etishdi.
Final yo'llanmasi uchun kechgan bahsda o'smirlarimiz andijonlarga (3:4) imkoniyatni boy berdi. Bronza medali uchun o'tgan bahsda 21-maktab yosh futzalchilari “Dordoy”(Qirg‘iziston)ni (3:2) dog'da qoldirdilar.
Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi
14.11.2025 / 09:43.Yunusobod tumanidagi 9-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida “Inson qadri, el-yurt baxti uchun” mavzusida maʼnaviy- maʼrifiy tadbir oʻtkazildi
03.11.2025 / 09:44.Yunusobod tumani 206-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Yo'l qoidasi — umr foydasi!” mavzusida mashg'ulotlar o‘tkazildi





















