“Farzandlarimiz kelajagiga befarq emasmiz!” mavzusida yuqori sinf o'quvchilarining otalari ishtirokida yig'ilish o'tkazildi

Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 235-sonli umumta'lim maktabida “Farzandlarimiz kelajagiga befarq emasmiz!” mavzusida yuqori sinf o'quvchilarining otalari ishtirokida yig'ilish o'tkazildi.
Unga tuman hokimligi vakillari, ichki ishlar xodimlari, mahalla faollari ham taklif qilindi.
Yig'ilishda asosan o'quvchi-yoshlar odob-axloqi, maktabda mobil aloqa vositalaridan foydalanish qoidalari, ijtimoiy tarmoqlardan to'g'ri va samarali foydalanish, huquqbuzarliklar va turli zararli odatlarlarning oldini olish masalalari muhokama etildi.
Ochiq va samimiy muloqot ruhida o'tgan tadbirda oilada bolalar tarbiyasiga otalar alohida e'tibor qaratishi, bu borada mas'uliyatni yanada kuchaytirish lozimligi alohida ta'kidlandi.
Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi
17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi





















