“Ma'naviyat hayotimizda yangi kuch, yangi harakatga aylanishi kerak!” shiori ostida davra suhbati o'tkazildi

Yunusobod tumanidagi 88-sonli umumta'lim maktabida yuqori sinf o'quvchilar ishtirokida “Ma'naviyat hayotimizda yangi kuch, yangi harakatga aylanishi kerak!” shiori ostida davra suhbati o'tkazildi.
Unda Toshkent davlat yuridik universiteti professori A.Babadjanov, tuman adliya bo'limi boshlig'i A.Negmatov ishtirok etdi va so'zga chiqdi. Ular o'z so'zida yurtimizda yoshlarga har tomonlama va yuksak g'amxo'rlik ko'rsatish davlat siyosatining ustuvor sohalaridan biri hisoblanishi, aholining teng yarmidan ko'pini tashkil etuvchi yoshlar jo'shqin va serg'ayrat ekani, mamlakatimizning zamonaviy asoslarda yanada taraqqiy etishining tayanch kuch-qudrati sanalgani uchun davlatimizning doimiy e'tiborida bo'lib kelayotganligini alohida ta'kidladilar.
Samimiy kechgan muloqot so'nggida mutaxassislar bitiruvchi-yoshlarni qiziqtirgan ko'plab savollarga javob berishdi.
Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi
17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi





















