Hurmatli maktabgacha va maktab ta’limi tizimida mehnat qilayotgan munis opa-singillar, Qadrli ustozlar!

Avvalo, sizlarni va siz orqali oilangizdagi barcha xotin-qizlarni bugungi bahor ayyomi — “8 mart — Xalqaro xotin qizlar kuni” bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman hamda o‘zimning chuqur hurmat va ehtiromimni bildiraman.
Ayol borki, butun olam bor, ayol borki, hayot bor. Ayol borki, zaminimizda yasharish, yangilanish davom etaveradi. Aminmanki, jonajon yurtimizdagi har bir er yigit, avvalo, mehribon onasi, oilasi, farzandlari baxtli bo‘lishini istaydi, bu yo‘lda uchraydigan to‘siqlarni yengishni o‘zining sharafli burchi, deb biladi.
Muhtaram Yurtboshimiz tomonidan ayollarga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor natijasida ham bugungi kunda barcha sohalarda ayollarimizning faolligi kundan kun ortib bormoqda.
Xususan, ta’lim tizimida ham ana shunday yuz minglab zahmatkash va fidoyi xotin-qizlar farzandlarimiz baxt-u kamoli uchun sidqidildan mehnat qilib kelishmoqda.
Fursatdan foydalanib, sizlarni yana bir bor go‘zallik bayrami bilan samimiy muborakbod etaman. Sizlarga sihat-salomatlik, baxt-u saodat, xonadoningizga fayz-u baraka tilayman.
Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi
14.11.2025 / 09:43.Yunusobod tumanidagi 9-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida “Inson qadri, el-yurt baxti uchun” mavzusida maʼnaviy- maʼrifiy tadbir oʻtkazildi
03.11.2025 / 09:44.Yunusobod tumani 206-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Yo'l qoidasi — umr foydasi!” mavzusida mashg'ulotlar o‘tkazildi





















