Vazir Bavariya Parlamentining Ilm-fan va Madaniyat ishlari bo‘yicha qo’mitasi boshlig'i bilan muzokara o'tkazdi

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Bavariya Parlamentining Ilm-fan va Madaniyat ishlari bo’yicha qo’mitasi boshlig'i Robert Brannekemper bilan uchrashdi.
Ushbu muzokaralarda hozirgi kunda Bavariya va O'zbekiston o'rtasidagi aloqalar, ta'lim va madaniyat sohalarida qo'shma loyihalarni birgalikda tashkil etish masalalari ko'rib chiqildi.
Ma’lumot uchun, ushbu qo’mita juda muhim davlat organi bo’lib, Bavariyadagi barcha ta’lim va madaniyat loyihalari ushbu qo’mita roziligidan o’tishi shart.
Bavariya Germaniyaning eng rivojlangan federal yeri bo'lib, unda nafaqat sanoat balki ta'lim ham yuqori darajada rivojlangan. Bu yerda ta'limning sanoat bilan integratsiyasi butun dunyoga namuna bo'la oladi.
Ushbu modelni O'zbekistonda ham tatbiq etish masalalariga to'xtalib, O'zbekistondagi bir necha maktablarda Bavariya modeli asosida o'quv dasturlarini amaliyotga joriy etish masalasiga to'xtalib o'tildi.
Uchrashuv so'ngida Robert Brannekemper va boshqa parlament a'zolarining O'zbekistonga tashrifi muhokama qilindi.

24.06.2025 / 11:05.“Samara” tantanalar saroyida ana shu baxtiyor yoshlarni tantanali taqdirlash marosimi o'tkazildi

19.06.2025 / 09:35.Yunusobod tumanidagi 273-sonli umumta’lim maktabida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida faoliyat yuritayotgan “Kamalak” yozgi bolalar kunduzgi oromgohida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

30.05.2025 / 10:09.Yunusobod tumanidagi 5-sonli umumta'lim maktabida “Metodik marafon” tadbiri bo‘lib o‘tdi