Maktabgacha ta’lim sohasida bugungi kunda bolalar qamrov ko‘rsatgichi qanday?


Ayni damda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari - Maktabgacha ta’lim agentligi direktori Agrippina Shin, Iqtisodiyot va moliya vaziri o'rinbosari Abdulaziz Haydarov, shuningdek, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi, Kadastr agentligi, Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ, viloyatlar hokimlarining yordamchilari ishtirokida onlayn tarzda tahliliy yig‘ilish o‘tkazilmoqda.

⚡️ Yig'ilishda maktabgacha ta’lim sohasida 2023-yil yakuni bo'yicha o'tkazilgan o‘rganishlarning tahliliy muhokamasi bo‘lib o‘tmoqda.

📣 "Biz bugun bog‘chalar soni kamayishiga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak, aksincha, aholini demografik o‘sishini inobatga olgan holda xalqimizga sharoit yaratib, maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qurish, bu yo'nalishda DXSH asosida va oilaviy nodavlat sektorini rivojlantirish orqali MTTlarni ko'paytirishimiz zarur", deydi Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari A. Haydarov.

❗️Tanqidiy ruhda o‘tkazilayotgan yig‘ilishda  qamrov ko‘rsatkichi pasaygan barcha hudud rahbarlariga nazoratni kuchaytirish topshirilib, holatni yaxshilash bo'yicha muddat belgilab berilmoqda.

✔️Ma'lumot uchun, Davlatimiz Rahbari joriy yil 5-fevral kuni o‘tkazilgan videoselektor davomida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda maktabgacha va maktab ta’limidagi ishlarni tanqid qilgan edi. Unda Prezidentimiz maktabgacha va maktab ta’limidagi ishlar ahvolini tahlil qilib, kelgusi rejalarni belgilab bergan. 2024-yilda davlat bog‘chalari quvvati yana 10 ming o‘ringa, xususiy bog‘chalarda 50 ming o‘ringa oshirilishini aytib o'tgan.