"Umumta'lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar" mavzusida o'quv-seminar o'tkazildi
Yunusobod tumani 288-umumta'lim maktabida seminar bo'lib o'tdi. Joriy yilning 3-may kuni Yunusobod tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tasarrufidagi umumta'lim maktablarining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarlari uchun "Umumta'lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar" mavzusida o'quv-seminar o'tkazildi.
Seminarga Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari O.T.Jumaev, Yunusobod tumani hokimi o'rinbosari D.M. Muxsimova, Yunusobod tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi bosh mutaxassisi D.I.Muminova, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Yunusobod tumani bo'limi boshlig'i Ch.Haydarova, Mahalla uyushmasi Yunusobod tumani bo'limi boshlig'i H.M.Mullajonovlar tashrif buyurishdi.
Seminar davomida umumta'lim maktablari ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlariga ustivor vazifalar belgilab berildi.

Yunusobod tuman MMTB axborot xizmati
25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi
17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi





















