“Vazir soati”da sohadagi muhim masalalar mas’ullar ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqildi
Joriy yilning 7-may kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova boshchiligida “Vazir soati” bo‘lib o‘tdi.
➖ Videokonferensiya shaklida tashkil etilgan tadbirda vazir o‘rinbosarlari, vazirlik mas’ullari hamda hududiy boshqarmalar boshliqlari ishtirok etdi.
Unda pedagog kadrlar malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish, tizimdagi o‘quv binolarini qurish va ta’mirlash, malaka sinovlari jarayonlarini izchil davom ettirish, ta’limni raqamlashtirish va IT ta’limini rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama etildi.
Yig‘ilish davomida shuningdek, “7-may – Aloqachilar kuni” munosabati bilan vazirlikning AKTni joriy etish va raqamlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Rabbim Musurmonov “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni hamda mas’ul xodimlar “Faxriy yorliq”lar bilan taqdirlandi.

25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi
17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi





















