O'zbekiston delegatsiyasi Qozon shahriga tashrif buyurishdi
Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari D. Rahimova boshchiligidagi ishchi guruh Rossiya Federatsiyasi, Tatariston respublikasining poytaxti - Qozon shahrida tashrif bilan bo‘ldi.
Tajriba almashinuvi maqsadida bo‘lib o‘tgan tashrif doirasida “Cook&Chill” oziq-ovqat kombinatida maktablar, bolalar bog‘chalari va shifoxonalar uchun oziq-ovqat ishlab chiqarish tajribasi, sog‘lom ovqatlanish mavzusida kichkintoylar uchun multiplikatsion materiallarni yaratish tajribasi o‘rganildi.
Shuningdek, Qozon shahar ijroiya qo‘mitasiga tashrif buyurilib, keytering va autsorsingni tashkil qilish jihatlari muhokama qilindi hamda “Elektron bolalar bog‘chasi”, “Elektron ta’lim”, “Men - o‘quvchiman”, “Bolalar uchun qo‘shimcha ta’lim navigatori” kabi raqamli platformalarning ishi o‘rganildi.
Bundan tashqari, Qozon shahridagi maktablarga va bolalar bog'chalariga qator tashriflar amalga oshirilib, u yerda bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, tashkil etilgan ovqatlanish xizmatlari, ta’lim olish imkoniyatlari o‘rganildi.

17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi
14.11.2025 / 09:43.Yunusobod tumanidagi 9-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida “Inson qadri, el-yurt baxti uchun” mavzusida maʼnaviy- maʼrifiy tadbir oʻtkazildi
03.11.2025 / 09:44.Yunusobod tumani 206-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Yo'l qoidasi — umr foydasi!” mavzusida mashg'ulotlar o‘tkazildi





















